"Tottenxem" sport direktori jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

"Tottenxem" sport direktori Fabio Paratichi fevral oyi boshida "Fiorentina"ga o'tadi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, uning Londondan ketishga shaxsiy muammolar sabab bo'lgan. Paratichi oktyabr oyida 30 oylik futbol taqiqi tugaganidan keyin rasman "shporlar" bilan ishlashni boshlagandi.
Paratichi moliyaviy firibgarlikda ayblanib, ishdan bo'shatilgan "Yuventus"ning 11 rahbaridan biri edi. Ushbu taqiq buxgalteriya hisobida transfert yig'imlari miqdorini oshirib ko'rsatish bilan bog'liq edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233