"Yuventus" "Barsa" transfer maqsadini ilib ketishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesi "Yuventus" e'tibor markazida qolmoqda.
28 yoshli futbolchining "giloslar" bilan shartnomasi yarim yildan so'ng yakuniga etadi. Uni turinliklar erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tuttosport nashrining xabar berishicha, "Yuventus" futbolchiga "Barselona"dan qiziqish bo'layotganiga qaramay, kelishuvni amalga oshira olishiga ishonmoqda.
Markos Senesining Transfermarkt portalidagi narxi 22 mln evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda markaziy himoyachi "Bornmut" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209