Kurtua: "Real" g'alabaga loyiq edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua jamoasi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:3) nohaq yutqazdi, deb hisoblamoqda.
"Balki birinchi bo'limda juda yopiq o'ynagandirmiz, ammo ikkinchi bo'limda g'alabaga haqli edik. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Finalda printsipial raqibga yutqazish yoqimsiz, ammo endi e'tiborni La Liga va Ispaniya kubogiga qaratish kerak. Bugun hamma narsa bizga qarshi edi. Vaziyatlar yaratdik, biroq to'p darvozaga kirmadi," - deya Kurtuaning o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi Marca.
"Real" bir yarim yil ichida uchinchi finalda "Barselona"ga yutqazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213