Paketa APLning boshqa bir top-klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 690

"Vest Xem" klubi hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "shporlar" allaqachon 28 yoshli xavbek transferi bo'yicha "bolg'achilar"ga 30 million evrolik rasmiy taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, futbolchi bilan Braziliyaning "Flamengo" klubi ham muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq, "Vest Xem" Paketani joriy qishda sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Paketa 18 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231