"Yuventus" "Manchester Yunayted" himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

"Manchester Yunayted"ning o'ng qanot himoyachisi Nussair Mazrauiga yana Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
Marokashlikning "Byankonerilar" safiga o'tishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar o'tgan yilning yozida boshlangan edi. Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Mazraui yana "keksa sinora" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. 28 yoshli futbolchi jahon chempionati - 2026 oldidan "Manchester Yunayted"ni tark etish haqida jiddiy o'ylamoqda.
Nussair Mazrauining Transfermarkt portalidagi narxi - 22 mln evro. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan, biroq bir yillik uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248