«Buxoro» serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 648

«Buxoro» professional futbol klubi o'z safiga yangi futbolchi — serbiyalik markaziy himoyachi Velko Filipovichni qo'shib oldi.
1999 yil 11 oktyabrda tug'ilgan futbolchi professional faoliyati davomida Tailand chempionatida bir qator klublar safida to'p surgan. U baland bo'yi, jismoniy kuchi va himoyadagi ishonchli o'yini bilan ajralib turadi.
Faoliyati davomida Velko Filipovich quyidagi klublar sharafini himoya qilgan:
«Yavor» Ivanitsa (Serbiya)
«Sindjelich» Belgrad (Serbiya)
«Ayuttxaya Yunayted» (Tailand)
«Bi Ji Patum Yunayted» (Tailand)
«Chiangmay» (Tailand)
«Chiangray Yunayted» (Tailand)
«Nakxon Patxom Yunayted» (Tailand)
«Rayong» (Tailand).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301