"Real" oxirgi marta qachon kubok yutgan edi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

"Real" so'nggi 13 oy ichida birorta ham sovrin yutmadi.
Bugun madridliklar Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga mag'lub bo'ldi (2:3).
"Real" so'nggi sovrinni 2024 yil dekabr oyida qit'alararo kubok finalida "Pachuka"ni mag'lub etib (3:0) qo'lga kiritgandi.
2025 yilda "qaymoqranglilar" Superkubok va Ispaniya kubogi finalida "Barselona"ga yutqazib, La Ligada mavsum yakunlariga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. Chempionlar Ligasida "Real" 1/4 finalga qadar etib bordi va u erda "Arsenal"ga yutqazdi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida esa yarim finalda "PSJ"ga imkoniyatni boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394