Frantsiya kubogi. "Lion" Endrik tomonidan kiritilgan gol evaziga 1/8 finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Lion" Frantsiya Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida safarda "Lill"ni mag'lub etdi - 2:1.
Uchrashuvning 1-daqiqasida Afonso Daniel mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada Natan Ngoy hisobni tenglashtirgan bo'lsa, birinchi bo'lim so'ngida Endrik mezbonlar darvozasiga ikkinchi golni urdi.
"Lion" Frantsiya Kubogining 1/8 finaliga chiqdi, uning bu bosqichdagi raqibi keyinroq ma'lum bo'ladi.
Lill - Lion - 1:2
Gollar: Moreyra, 1 (0:1). Ngoy, 28 (1:1). Endrik, 42 (1:2)
Lill: Bodar, Perro, Bentaleb, Ngoy, Mene (Tiagu Santush, 68), Buaddi (Saxraui, 82), Andre (Mukau, 60), Fernandes-Pardo, Xaraldsson, Korreya (Mbappe, 59), Jiru (Diaun, 81)
Lion: Desham, Talyafiko, Klyuyvert, Mata, Meytland-Nayls, Tolisso, Morton (Mangalya, 82), Tessmann, Shults (Satriano, 82), Moreyra, Endrik (Karabets, 72)
Ogohlantirishlar: Xaraldsson, 37. Perro, 63 - Shults, 31. Morton, 32. Desham, 90

Bosh sahifaga
337