Gonsalo Mbappening o'rnini umuman bildirmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1354

"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya Torres Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi.
"Barselona" 1-bo'limdan keyin "Real" bilan durang o'ynamoqda (2:2, tanaffus).
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 6-daqiqada Gonsalo Garsiya "Real"ning ikkinchi golini urdi. Avvalroq u Vinisius Juniorga assistentlik qilgandi.
Ispaniyalik hujumchi madridliklarning so'nggi uchta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi, shu jumladan La Ligada "Betis" darvozasiga xet-trik qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391