Vinisius oktyabr oyidan buyon ilk bor gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14918

"Real" vingeri Vinisius Junior Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" darvozasini ishg'ol qilib, uch oy davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi.
Braziliyalik futbolchi 1-bo'limga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Bugungi o'yinda Vinisius 10 oktyabrdan beri ilk bor gol urdi - o'shanda u Braziliyaning Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida gol urgandi. Vingerning "Real" va Braziliya terma jamoasi safidagi golsiz seriyasi 19 o'yinga cho'zildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298