"Milan" avgust oyidan beri mag'lubiyatga uchramayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2802

"Milan" so'nggi gol evaziga ketma-ket ikkinchi marta mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyasining 20-turida Fiorentina bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Kristofer Nkunku 90-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
8 yanvar kuni Rafael Leau "rossonerlar"ning "Jenoa" qarshi o'yinining 90+2-daqiqasida gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qolgandi.
"Milan" avgust oyidan beri ligada mag'lubiyatga uchramadi. Ular o'zlarining birinchi o'yinida mag'lub bo'lishdi va o'shandan beri 11 ta g'alaba va ettita durang o'ynashdi.
15 yanvar kuni "Milan" "Komo" bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331