"Roma" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

Rimning "Roma" klubi yoshi katta hujumchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.
"Bo'rilar" rahbariyati Italiya terma jamoasi a'zosi, 33 yoshli Stefan El-Shaaravi bilan muzokaralarda oldinga siljimadi. Shuningdek, ukrainalik Ruslan Malinovskiy vakili bo'lgan "Jenoa" Stefan rimliklar safida o'ynashdan bosh tortgan taqdirda unga qisqa muddatli shartnoma taklif qilishga tayyorligi aytilmoqda.
Agar bu o'tish amalga oshsa, tajribali futbolchi o'zi tarbiyalangan klubga qaytadi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 2,5 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290