«Real» sardori Karvaxal jamoa Xabi Alonsoni 100 foiz qo'llab-quvvatlashini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1300

Madridning «Real» jamoasi sardori va himoyachisi Daniel Karvaxal «qaymoqranglilar» futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoni to'liq qo'llab-quvvatlayotganini ma'lum qildi. Ilgariroq OAVda «Qirollik klubi»ning ayrim o'yinchilari ispaniyalik mutaxassisning ish uslubidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Biz barchamiz Xabi Alonsoni 100 foiz qo'llab-quvvatlaymiz. U xotirjam, uning g'oyalari o'zgarmas va tushunarli. Natijalar yomon bo'lsa, har doim mish-mishlar paydo bo'ladi, ammo biz, albatta, Xabining tarafdamiz», — dedi Karvaxal matbuot anjumanida.
Ispaniyalik mutaxassis o'tgan yozda «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi. La Liganing 19 turidan so'ng «qaymoqranglilar» 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
379