Enrike "Real" hujumchisini yangi klubiga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

Frantsiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike kelasi yili klubini o'zgartirishi mumkin. Variantlardan biri "Manchester Yunayted"dir.
Defensa Central xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis allaqachon kelajak uchun rejalar tuza boshlagan. Enrike yangi jamoasida hozirda "Real"ga tegishli bo'lgan braziliyalik hujumchi Rodrigoni ko'rmoqchi.
"Qaymoqranglilar" safida hujumchi barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lmaydi, shuning uchun u jamoasini o'zgartirishi mumkin. "Qirollik klubi" esa o'z navbatida Rodrigoni 80 million evroga sotishga tayyor. 25 yoshli braziliyalikning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366