«Barsa», «Real» va APL grandlari Gexining narxi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1942

"Kristal Pelas" etakchilaridan biri, markaziy himoyachi sifatida o'ynayotgan Mark Gexi qishda jamoani tark etishi ehtimoli yuqori.
Guardian xabariga ko'ra, "burgutlar" o'z yulduzini sotishdan 46 million evro ishlab olmoqchi. Angliyalik himoyachini "Liverpul", "Arsenal", "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shaharliklar" bu poygada favorit hisoblanadi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli futbolchi 20 ta o'yinda ishtirok etdi. Gexi ikkita gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384