«Tottenxem» murabbiyining kursisi qimirlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3735

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frankning kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Bu haqda Britaniya OAV xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "shporlar" rahbariyati jamoaning APLdagi o'yinlaridan norozi. Shuningdek, kecha, 10 yanvar kuni London klubi o'z maydonida Angliya kubogi doirasida "Aston Villa"ga yutqazib qo'ydi (1:2), bu esa murabbiyga bo'lgan bosimni yanada kuchaytirdi. "Tottenxem" Frankni iste'foga chiqarish variantini ko'rib chiqmoqda.
Tomas Frank "Tottenxem"ni 2025 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni damda "shporlar" 27 ochko bilan APL turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225