«MYu» hujumchisining «Roma»ga transferi Amorim iste'fosi sabab barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzeening qishki transferlar oynasida "Roma"ga o'tishi ingliz jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorimning iste'fosi tufayli barbod bo'ldi, deb yozadi The Sun.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" futbolchi borasidagi pozitsiyasini o'zgartirgan va uning klubdan ketish rejasini keyinga qoldirgan.
Avvalroq, hujumchi "Roma"ga o'tishga qiziqish bildirayotgani va Rim klubi taqdim etgan loyihadan hayratga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Zirkzening ingliz klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Zirkzee APLda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 25 mln evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
235