18 yoshli Yamal La Ligada Godin, Messi va Mbappening yutug'ini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Barselona" qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya La Ligasining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu orqali 18 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi Lionel Messi, "Atletiko" va "Vilyarreal"ning sobiq himoyachisi Diego Godin va "Real" hujumchisi Kilian Mbappe kabi futbolchilar erishgan natijani takrorlashga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Livescore portali X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ketma-ket ikkinchi marta Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisiga aylangan Yamal ushbu sovrinni ikki oy ichida ketma-ket qo'lga kiritgan tarixdagi to'rtinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Godin 2014 yilning aprel va may oylarida, Messi 2018 yilning aprel va sentyabr oylarida sovrinni qo'lga kiritgan (o'sha yilning may va avgust oylarida mukofot berilmagan), Mbappe esa joriy mavsumda ketma-ket ikki marta, 2025 yilning sentyabr va oktyabr oylarida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ushbu mukofot 2013 yil sentyabr oyidan beri topshiriladi. Uning birinchi g'olibi hujumchi Diego Kosta edi.

Bosh sahifaga
231