«Tottenxem» ustozi navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng klubning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank navbatdagi salbiy natijadan keyin klubni qo'llab-quvvatlash haqidagi savolga javob berdi. "Shporlar" o'z maydonida "Aston Villa"ga yutqazib (1:2), Angliya kubogini tark etishdi.
"Men klubning qo'llab-quvvatlashini to'liq his qilyapman. Bunga shubha yo'q. Albatta, bugungi natijadan, bundan yaxshi natijaga erisha olmaganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Biz yaxshiroq o'ynashimiz, yaxshi o'yinlar o'tkazishimiz va oldinga intilishimiz kerak," - dedi Frank BBC Match of the Day nashriga.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Premer-liga jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252