Bonifase uzoq vaqtga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1343

Nigeriya terma jamoasi va Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchisi Viktor Bonifase tizzasidan operatsiya qilinadi. Bu haqda futbolchi ijara asosida to'p tepayotgan "Verder" ijtimoiy tarmoqlari xabar bermoqda.
"Uzoq davom etgan reabilitatsiya jarayonini hisobga olgan holda, Viktorning bu mavsumda "Verder"da yana o'ynashi kutilmayapti. Uning tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!," - deyiladi klub bayonotida.
Joriy mavsumda Transfermarkt portali tomonidan 12 million evroga baholangan 25 yoshli futbolchi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
150