"Real" "el-klasiko"da mag'lub bo'lsa, Alonso ishdan ketadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1449

Derbida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba Xabi Alonsoga "Real"dagi murabbiylik lavozimini saqlab qolish imkonini bergani haqida xabar bergan edik. Ispaniyada Superkubokning yarim final o'yini juda muhim ekani, agar mag'lubiyatga uchrasa, Alonsoni ishdan bo'shatishlari aniq ekani haqida yozishdi.
Marca nashrining aniqlik kiritishicha, Alonso uchun bu bosqichda "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba etarli hisoblanadi. Agar "Real" Superkubok finalida "Barselona"ga yutqazsa ham Xabi katta ehtimol bilan jamoa bilan ishlashda davom etadi.
"Barselona" va "Real" o'rtasidagi sovrin uchun final o'yini 11 yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
195