"Roma" "Marsel"ning 19 yoshli hujumchisi bo'yicha muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Roma" va "Marsel" klublari o'rtasida hujumchi Robino Vaz transferi bo'yicha muzokaralar qizg'in pallaga kirgan. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berdi.
Ko'proq o'ynashni istagan 18 yoshli frantsuzga Germaniya va Angliyada bir necha jamoa da'vogarlik qilmoqda. Shuning uchun ham "Roma" jarayonni tezlashtirib, "Marsel"ning futbolchi borasidagi talablariga yaqinlashishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda 19 ta o'yinda Robinio 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Frantsiyaning yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida o'ynagan futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264