«Portu» futbolchisi jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
"Portu" ushbu yozda himoyachi Aleks Tellesni sotishga majbur bo'ladi, deb xabar beradi A Bola nashri.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchi "ajdarlar" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va jamoasini o'zgartirishni xohlamoqda.
Uning shartnomasi keyingi mavsum yakunida nihoyasiga etadi, shuning uchun "Portu" kelayotgan yozda Tellesni sotishni rejalashtirmoqda.
Tellesga "Chelsi" klubi qiziqish bildormoqda.
Ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida Telles 21 o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.
Manba: A BolaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!