Semeno — «Siti» tarixidagi eng qimmat 4-xaridga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8916

"Manchester Siti"ning yangi a'zosi, "Bornmut"dan sotib olingan vinger Antuan Semeno "shaharliklar" tarixidagi to'rtinchi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Qiymati bo'yicha birinchi o'rinni yarim himoyachi Jek Grilish egallab turibdi, u uchun klub 117 mln evro (100 mln funt) to'lagan. Ikkinchi o'rinda himoyachi Yoshko Gvardiol 90 million evro (76,5 million funt sterling) bilan, uchinchi o'rinda esa Kevin De Bryuyne 2015 yilda klubga 75 million evroga (65 million funt sterling) tushgan.
Semeno bilan shartnoma besh yarim yilga imzolangan. Ganalik vinger "Siti"ga o'tish uchun APLning to'rtta klubi - "Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
237