Romano "Real"ning Germaniya terma jamoasi himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek Madridning "Real" klubi e'tiborida bo'lib turibdi.
"Asalarilar" mudofaasi etakchisi "qaymoqranglilar" ko'rib chiqayotgan nomzodlardan biridir. "Qirollik klubi"da germaniyalik futbolchining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda va kelgusi yozda ehtimoliy transfer imkoniyati o'rganilmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Biroq, hozircha aniq ma'lumotlar yo'q - so'nggi paytlarda muzokaralar oldinga siljimadi.
Transfermarkt portali ekspertlari Niko Shlotterbekning narxini 55 mln evroga baholamoqda. 26 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Barselona" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373