«Roma» «Verona» himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

"Verona" himoyachisi Marko Faraoni kelasi yozda "Roma"da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, "Roma" rahbariyati 28 yoshli italiyalik futbolchining transferiga qarshi emas, ammo "Verona" uni qo'yib yubormoqchi emas.
Futbolchining transfer qiymati 5 mln evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda himoyachi "A" Seriyada 24 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322