Luis Enrike Frantsiya Superkubogi g'olibligi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya Superkubogi finalida "Marsel" ustidan qozonilgan g'alaba (2:2, penaltilar seriyasi - 4:1) haqida gapirdi.
"O'yin juda shiddatli kechdi. O'yinni munosib boshladik, ammo yakunda "Marsel" juda yaxshi o'ynadi, ular bizni haqli ravishda kurashga majbur qilishdi. Juda qiyin bo'ldi. Ular bizdan yaxshiroq o'ynashdi, ammo men hali ham o'yinni tahlil qilishim kerak. Hamma tanqid qilayotgan De Dzerbini tabriklashim kerak. U juda yaxshi murabbiy.
"PSJ" va "Marsel" o'yinlari zo'r chiqyaptimi? Yana "Lans", "Lill", "Lion", "Monako", "Strasbur..." bu darajadagi ko'plab jamoalar bor", - dedi Enrike.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305