"PSJ" "Marsel"ni mag'lub etib, Frantsiya Superkubogini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

"PSJ" Frantsiya Superkubogi uchun bahsda "Marsel"ni mag'lub etdi - 2:2 (penaltilar seriyasi - 4:1). O'yin Kuvaytdagi "Jobir al-Ahmad" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida parijliklar forvardi Usmon Dembele hisobni ochdi. 76-daqiqada "Marsel" Meyson Grinvudning penaltidan urgan goli evaziga javob qaytardi. 87-daqiqada Pachoning avtogoli "Marsel"ni hisobda oldinga olib chiqdi. "PSJ" qo'shib berilgan daqiqalar oxirida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, 90+5-daqiqada Gonsalu Ramush gol urdi.
Penaltilar seriyasida "PSJ" futbolchilari aniqroq bo'lishdi - 4:1. Parijliklar posboni Lyuka Shevale seriyada ikkita zarbani qaytardi.
"PSJ" 14-marta Frantsiya Superkubogi sohibiga aylandi. "Marsel" hal qiluvchi uchrashuvda to'rtinchi bor imkoniyatni boy berdi.

Bosh sahifaga
349