A Seriya. "Milan" "Jenoa" bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

"Milan" Italiya chempionatining 19-turida "Jenoa" bilan durang o'ynadi - 1:1. O'yin Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Lorentso Kolombo hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng darhol "rossonerilar" hisobni tenglashtirishdi, biroq Kristian Pulishichning goli qo'l bilan o'ynagani uchun VAR tomonidan bekor qilindi. Mezbonlar qo'shib berilgan daqiqalardayoq hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi - 90+2-daqiqada Rafae Leau gol urdi. Uchrashuv yakunida "Milan" darvozasiga penalti belgilandi, biroq Nikolay Stanchu uni golga aylantira olmadi.
"Milan" ochkolarini 39taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Jenoa" esa 16-ochko bilan 17-pog'onada bormoqda.

Bosh sahifaga
365