"Real" "Atletiko"ni mag'lub etdi va Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" bilan to'qnash keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Real" "Atletiko"dan ustun keldi va Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi. "Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ni mag'lub etdi - 2:1.
O'yin Saudiya Arabistonidagi "King Abdullah Sports City" stadionida bo'lib o'tdi.
"Qaymoqranglilar" ikkinchi daqiqadayoq Federiko Valverdening goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 55-daqiqada Valverdening uzatmasidan so'ng "Real"ning ikkinchi goliga Rodrigo mualliflik qildi.
"Atletiko"ning yagona goliga 58-daqiqada Aleksandr Serlot mualliflik qildi.
"Real" Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi va u erda yarim finalda "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Barselona"ga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349