Ispaniya 2027 yilgi Superkubokni fevral oyiga ko'chirishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1021

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) 2027 yildan boshlab mamlakat Superkubogini fevral oyining birinchi haftasiga o'tkazish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, RFEF bu tashabbusni musobaqada ishtirok etayotgan barcha klublar bilan muzokaralardan so'ng ilgari surgan. Superkubokni ko'chirish istagi shundan kelib chiqadiki, hozirda uning o'tkazilishi Rojdestvo bayramlarining oxirgi kunlariga to'g'ri keladi.
Shu bilan birga, eng ehtimolli variant sifatida 2027 yilgi turnir Katarda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Lekin Saudiya Arabistoni Ispaniya Superkubogini o'z hududida tashkil etish bo'yicha kelishuvni uzaytirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374