SPL. "Al-Hilol" o'z maydonida "Al-Hazem"ni yirik hisobda engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1019

Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turida "Al-Hilol" o'z maydonida "Al-Hazem"ni mag'lub etdi - 3:0.
Gollarga Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh va Darvin Nunes mualliflik qildi.
"Al-Hilol" 13 o'yinda 11-g'alabasini qo'lga kiritdi. Simone Indzagi jamoasi 35 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Al-Hazem" (13) musobaqa jadvalida 11-o'rinda bormoqda.
Al-Hilol - Al-Hazem - 3:0
Gollar: Milinkovich-Savich, 29 (1:0). Ruben Nevesh, 56 (2:0). Nunes, 90 (3:0)
Al-Hilol Ar-Riyod: M. Al-Yami, Yusuf Akchichek, Al-Tambakti (Ladjami, 88), N. Al-Davsari (Al-Mutari, 88), X. Al-Yami (Darisi, 76), Ruben Nevesh, Kanno, S. Al-Davsari (Kayo Sezar, 76), Milinkovich-Savich, Markus Leonardu (Nunes, 69), Malkom
Al-Hazem: Varela, Butuil, Tanker, Al-Dakel (Al-Shankiti, 66), Al-Naxli, Eyssa Al-Yami (Al-Xaradjin, 86), Al-Sayali, Rose, Fabiu Martinsh (Al-Shammari, 74), Ba (Sayud, 66), Al-Xabashi (Al-Shamrani, 74)
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
495