"Fenerbaxche" Lukmanni o'z safiga qo'shib olish harakatlarini to'xtatmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1556

Italiyaning "Atalanta" klubi forvardi Ademola Lukmanni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi uni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni taklif qildi. Bu haqda Hurriyet xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, taklif summasi 35 (5+30) million evroni tashkil etadi. Italiya jamoasi bunga rad javobini berib, nigeriyalik hujumchini faqat to'liq transfer narxi evaziga qo'yib yuborishi mumkinligini ma'lum qildi.
Katta ehtimol bilan "Fenerbaxche" bu shartlarni qabul qiladi. Agar kelishuv imzolanadigan bo'lsa, bu faqat 28 yanvardan keyin ro'y beradi, bu esa "Atalanta"ning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki bilan bog'liq.
Lukman joriy mavsum 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
485