"Fenerbaxche" Frantsiya terma jamoasi a'zosi transferini yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Fenerbaxche"ning bo'lajak yangi a'zosi Matteo Genduzi allaqachon Istanbulda bo'lib turibdi va yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq frantsuz "Latsio" muxlislari bilan xayrlashgandi. U Rim klubi safida ikki yarim yil o'tkazdi, shundan bir yili ijara asosida. Faoliyati davomida "PSJ" va "Loryan" tarbiyalanuvchisi "Arsenal", "Marsel", "Gerta" klublarida o'ynagan.
Avvalroq, xavbek turk klubiga 30 mln evroga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachini 28 mln evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
502