"Roma" "Atletiko" hujumchisi transferini yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9760

"Roma" Jakomo Raspadorini "Atletiko"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, rimliklar 25 yoshli forvard bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Avvalroq, "Roma" va "Atletiko" Raspadorini 1,5 mln evroga ijaraga olish va 20-23 mln evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan edi.
Raspadori "Atletiko"ga avgust oyida "Napoli"dan 22+4 mln evro evaziga o'tgan va 5 yillik shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364