Karvaxal oldida 3 xil variant turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Himoyachi Daniel Karvaxal "Real"ni tark etishi mumkin.
The Athletic jurnalisti Gilermo Rayning yozishicha, 33 yoshli futbolchi hamon faoliyatini davom ettirish uchun Qatar, Saudiya Arabistoni va AQSh takliflarini ko'rib chiqmoqda. Biroq, u Madrid klubida qolishni istamoqda va hozircha yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarga shoshilmayapti. Jamoadagi manbalarning ma'lum qilishicha, Karvaxalning kelajagi borasidagi har qanday qaror o'zaro kelishuv asosida qabul qilinadi.
Daniel Karvaxal "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi. Hozirda himoyachi oktyabr oyi oxirida tizzasidan olgan jarohatidan tiklanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
532