"Brentford" hujumchisi APLda gol urish bo'yicha braziliyaliklar o'rtasida rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Igor Tiago Angliya chempionatining joriy mavsumida 16-golini urdi.
"Brentford" forvardi 21-turdan o'rin olgan "Sanderlend"ga (3:0) qarshi bahsda dubl qayd etdi. Braziliyalik futbolchi o'yinning 30- va 65-daqiqalarida gol urdi.
Shu tariqa Tiago APLda 1 mavsum davomida gol urish bo'yicha braziliyaliklarning rekordini yangiladi.
U Roberto Firmino (2017/18 yilgi mavsum "Liverpul"), Gabriel Martinelli (2022/23 yilgi mavsum "Arsenal") va Mateus Kunya (2024/25 yilgi mavsum "Vulverxempton") ni ortda qoldirdi. Ularning barchasi 15 tadan gol urishgan.
Eslatib o'tamiz, Igordan ko'proq golni bu mavsum Premer-ligada faqatgina "Manchester Siti" vakili Erling Xoland kiritgan - 20 gol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300