"Liverpul" "Barselona" vingeri uchun 50 mln evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

OAV ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" "Barselona" vingeri Runi Bardagji xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, "qizillar" yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan Muhammad Salohning o'rnini to'ldirmoqchi. Ingliz grandi Runi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor.
Vinger "Barselona"ga yozda "Kopengagen"dan o'tgandi. Transfermarkt bu transferni 2,5 mln evroga baholagan. Joriy mavsumda Runi Bardagji 14 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390