"Fiorentina" Breshianini bilan shartnoma imzolashga kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
43
"Atalanta" yarim himoyachisi Marko Breshianini "Fiorentina"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "binafshalar" 25 yoshli italiyalikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqda. Agar jamoa A Seriyada qola olsa, futbolchini sotib olish majburiy bo'ladi.
2025 yilning yozida "Atalanta" Breshianini "Frozinone"dan o'n million evroga sotib oldi. Joriy mavsumda xavbek barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 7,5 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
482