"Milan" Menyanga katta taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 486

"Milan" o'z darvozaboni Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha katta taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Matteo Maretto o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "Milan" Menyanni Rafael Leau bilan bir qatorda jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor. Italiya klubi frantsiyalik darvozabonga klubdagi maosh chegarasiga muvofiq maksimal maosh taklif qilmoqda - 5 mln evro.
Muzokaralar hali yakuniy bosqichga etib bormadi. Biroq, "Milan" bosslari juda optimistik kayfiyatda: ularning fikricha, ayni damda ularning taklifini qaytara oladigan boshqa klublar yo'q. Menyan tez orada "Milan"ning taklifiga javob berishi kerak.
Menyan bilan amaldagi shartnoma 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Bu mavsumda frantsiyalik darvozabon milanliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning sakkiztasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bosh sahifaga
428