Semeno "Manchester Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

"Bornmut" klubi qanot hujumchisi Antuan Semeno "Manchester Siti"ga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Kutilganidek, jarayon 8 yanvar, payshanba kuni bo'lib o'tyapti. Tibbiy ko'rik yakunlangach, Semeno "shaharliklar" bilan 2031 yil iyunigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Qayd etilishicha, klublar o'zaro barcha kerakli hujjatlarni uch kun oldin imzolagan.
Semeno "Bornmut" safida 2023 yilning yanvaridan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli vinger Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
523