"Bavariya" Lennart Karlning ukasini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

"Bavariya" Lennart Karlning ukasini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Bild xabariga ko'ra, myunxenliklar ayni damda "Ayntraxt" akademiyasida tahsil olayotgan va yarim himoyachi sifatida o'ynayotgan 14 yoshli Vinsent Karlni kuzatib bormoqda. Ta'kidlanishicha, Lennart Karlning ukasi o'z yosh toifasida katta iste'dod egasi hisoblanadi.
Shuningdek, "Bavariya" Karlga shartnomani 2031 yilgacha uzaytirib, maoshini yiliga 5-7 mln evrogacha oshirishni taklif qilayotgani aytilmoqda - hozir Lennart 1-2 mln evro oladi. Shu bilan birga, yarim himoyachining amaldagi kelishuvi avtomatik ravishda 2029 yil 22 fevralgacha, ya'ni futbolchi 18 yoshga to'lgunga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
564