"Barselona" Superkubokda rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

Ispaniya Superkubogi yarim final dastlabki o'yinida Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Bilbaoning "Atletik" klubi ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi. O'tgan uchrashuvda "ko'k-anorranglilar" rekord o'rnatishdi.
Hans-Diter Flik shogirdlari musobaqa tarixida birinchi bo'limda to'rtta gol urishga muvaffaq bo'lgan ilk jamoa bo'ldi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
"Barselona" Ispaniya Superkubogi finaliga ishonchli tarzda yo'l oldi va u erda "Atletiko" - "Real" juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim final bugun, 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
508