"Atletik" "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng murabbiy borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507

Ernesto Valverdening "Atletik"dagi kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
El Partidazo de COPE nashrining ta'kidlashicha, "Atletik" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona"ga yirik hisobda (0:5) mag'lub bo'lganiga qaramay, klub rahbariyati 61 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti.
Ispaniya chempionatida "Atletik" turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 19 o'yindan so'ng 24 ochko mavjud.
14 yanvar kuni "Atletik" Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida "Leonesa" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
502