Genduzi "Latsio" muxlislari bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"Latsio" yarim himoyachisi Matteo Genduzi tez orada Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Italiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Fiorentina" (2:2) bilan o'yindan so'ng Genduzi "Latsio" muxlislari bilan xayrlashdi. Tez orada xavbek "Fenerbaxche" safiga borib qo'shiladi. Romanoning ta'kidlashicha, 29 million evrolik bitim to'liq yopilgan.
"Men u bo'lajak jamoani shakllantirishda asosiy o'yinchilarimizdan biriga aylanishini kutgandim", - dedi "Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri.
Genduzi 2023 yilning yozidan beri "Latsio" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli frantsuz barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
512