«Arsenal» o'tgan moliyaviy yilni zarar bilan yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

«Arsenal» klubi 2018/19 mavsum uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.
Londonliklar o'tgan mavsum davomida 27,1 million funt sterling miqdorida zarar ko'rishdi. Bir yil avval esa "kanonirlar" 56,5 mln funt miqdorida foyda ko'rishgan edi.
Shu tariqa, klub 2002 yildan beri ilk marta yilni zarar bilan yakunladi. Bu esa «Arsenal»ning Evropa chempionlar ligasida bevosita ishtirok etmagani bilan bog'liq.
Jamoa yangi futbolchi sotib olish uchun 91 million funt sarf qilgan bo'lsa, o'yinchi sotishdan 16,8 mln daromad oldi.
Klub o'tgan mavsumda futbol faoliyatidan 394,7 mln funt sterling miqdorida daromad oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273