«Surxon» Fevzi Davletovni iste'foga chiqarib, klubga yangi murabbiy tayinladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 907

«Surxon» asosiy jamoasida murabbiy shtabida o'zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Aleksey Nikolaev klubni tark etdi.
Fevzi Davletov so'nggi ikki mavsum davomida termizliklarga ustozlik qildi. Uning qo'l ostida jamoa 65ta rasmiy uchrashuv o'tkazdi va O'zbekiston kubogining yarim final bosqichiga o'tish uchun yordam berdi.
Bosh murabbiy lavozimiga avval bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan va yoshlar futbolida katta obro'ga bo'lgan Stanislav Kudryashov tayinlandi.
"Klub nomidan Fevzi Rizaevich va Aleksey Vladimirovichga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida omad tilaymiz", — deyiladi "Surxon" tarqatgan xabarda.

Bosh sahifaga
421