"Chelsi" frantsuz klubi yarim himoyachisi bo'yicha muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3188

"Strasburg" klubi yarim himoyachisi Valentin Barko tez orada Londonning "Chelsi" klubi a'zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" allaqachon 21 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan. Yaqin kunlarda futbolchiga rasmiy taklif yuborilishi kutilmoqda, shundan so'ng futbolchi Londonga ko'chib o'tadi.
Joriy mavsumda Barko barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Barkoning "Strasburg" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444