«Siti»ning yangi transferi Manchesterga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539

"Bornmut" vingeri Antuan Semeno Angliyaning boshqa bir klubi "Manchester Siti"ga o'tish arafasida turibdi.
Sky Sports News jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra 26 yoshli ganalik futbolchi Manchesterga uchib kelgan. Bugun, 8 yanvar kuni afrikalik tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng "shaharliklar" bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi.
Avvalroq matbuotda Semenoning transferi "Manchester Siti"ga 75 million evroga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Antuan 20 ta o'yin o'tkazdi. Ganalik vinger o'z hisobiga o'nta gol va uchta assist yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
440