APLning uchta klubi Luninni kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

"Real" darvozaboni Andrey Lunin Angliya Premer-ligasining bir qator klublari qiziqishlari doirasida.
TEAMtalk xabariga ko'ra, darvozabon xizmatiga "Tottenxem", "Brayton" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo ularga futbolchini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, chunki Luninning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. "Qaymoqranglilar" o'z futbolchisi uchun qancha pul so'rashi hozircha noma'lum.
Lunin "Real" safida 2018 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda u faqat ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va beshta gol o'tkazib yubordi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Luninning narxi 15 million evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444